<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Iltijo</title>
<lyrics>[V1]
 // Rabbim yuragimni
 Toʻrida boʻling
 Rabbim tilagimni
 Zoʻrida boʻling //
 // Men uchun yagona
 Najotkorim Siz
 Har ne boʻlsa qalbim
 Qoʻrida boʻling! //

[V2]
 Dunyoda sigʻindim
 Uchragan xasga
 Aldab meni ular
 Soldi qafasga.
 Sizga rahmat deyman
 Har bir nafasga
 Rabbim yuragimni
 Toʻrida boʻling!

[V3]
 Soddaligim qursin
 Sodda, goʻl koʻnglim
 Hammaga ishondi
 Ishondim, yondim.
 Koʻzim koʻz yoshlarga
 Toʻlsa ham lim-lim
 // Rabbim tilagimni
 Zoʻrida boʻling! //</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>